1 oy bepul Pro tarif — kartasiz

Muddatli to'lovni 1 ta tizimda boshqaring

Sulhiya — do'kon egalari uchun mijozlar, shartnomalar, to'lovlar va kassani bir joyda boshqarish tizimi. SMS va Telegram orqali avtomatik eslatmalar bilan kechiktirilgan to'lovlarni kamaytiring.

  • Karta talab qilinmaydi
  • 2 daqiqada ro'yxatdan o'tish
  • O'zbek tilida

Nima uchun Sulhiya?

Excel va daftar bilan ishlashni unuting. Sulhiya muddatli to'lov biznesini avtomatlashtiradi.

Vaqtni tejaydi

Avtomatik to'lov eslatmalari Telegram va SMS orqali har kuni 09:00 da yuboriladi. Hisobotlar bir bosishda PDF/Excel'da tayyor.

5 barobartezroq ish yuritish

Daromadni oshiradi

Muddati o'tgan to'lovlar avtomatik kuzatiladi. Mijozlar o'z vaqtida eslatma olib, kechiktirilgan to'lovlar sezilarli kamayadi.

80%kechikishlar kamaymasi

Xatolarni kamaytiradi

To'lov jadvali, foiz va qoldiq summa avtomatik hisoblanadi. Audit log har bir o'zgarishni qayd qiladi.

0qo'lda hisob-kitob

Sizga kerakli hammasi

Mijozdan kassagacha — Sulhiya muddatli to'lov biznesining barcha bosqichlarini qamrab oladi.

Mijozlar bazasi

Telefon, manzil, qo'shimcha raqamlar — barcha mijoz ma'lumotlari bir joyda

Shartnomalar

To'lov jadvali, foiz, muddat — Sulhiya hammasini avtomatik hisoblaydi

To'lov jadvali

Har oylik to'lov, qoldiq summa, muddat — hammasi avtomatik yangilanadi

SMS + Telegram

Mijozlarga SMS, do'kon egasiga Telegram — har kuni 09:00 da avtomatik eslatma

Ko'p do'kon (Multi-shop)

Bir nechta do'kon, bitta hisob. Har bir do'konning o'z statistikasi va sotuvchilari

Kassa boshqaruvi

Sotuvchilar to'lov topshiradi, do'kon egasi tasdiqlaydi — hech qanday yo'qotish yo'q

Hisobot va eksport

Oylik daromad, mijoz analitikasi, prognoz. PDF va Excel'ga eksport

Audit log

Har bir CRUD amal qayd qilinadi — kim, qachon, nima qildi — hammasini ko'rasiz

Oddiy va tushunarli tariflar

Hozir ro'yxatdan o'ting va Sulhiya Pro tarifini 1 oy bepul sinab ko'ring. Karta talab qilinmaydi.

Free

Sinab ko'rish uchun

0so'm / doimiy bepul
Bepul boshlash
  • 1 ta do'kon
  • 1 ta sotuvchi
  • 50 ta mijoz
  • 30 ta faol shartnoma
  • PDF/Excel eksport
  • SMS eslatmalar
  • Telegram bot
  • Hisobotlar va audit log
  • Sudga taqdim qilinadigan shartnoma
Mashhur

Pro

Solo egalar va kichik jamoalar uchun

149 000so'm / oyiga
1 oy bepul sinash
  • 1 ta do'kon
  • 3 tagacha sotuvchi
  • Cheksiz mijozlar
  • Cheksiz shartnomalar
  • PDF/Excel eksport
  • SMS eslatmalar
  • Telegram bot
  • Hisobotlar va audit log
  • Sudga taqdim qilinadigan shartnoma
Premium

Business

Multi-shop biznes uchun cheksiz imkoniyatlar

Kelishuv/ bir martalik to'lov
Biz bilan bog'laning
  • Cheksiz do'konlar
  • Cheksiz sotuvchilar
  • Cheksiz mijozlar
  • Cheksiz shartnomalar
  • PDF/Excel eksport
  • SMS eslatmalar
  • Telegram bot
  • Hisobotlar va audit log
  • Sudga taqdim qilinadigan shartnoma
  • Maxsus takliflar
  • Priority qo'llab-quvvatlash

Savol bormi? Savol-javob bo'limini ko'ring

Tez-tez beriladigan savollar

Sulhiya haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim ma'lumotlar.

Sulhiya nima uchun kerak?
Sulhiya — do'kon egalari uchun muddatli to'lov (bo'lib to'lash) shartnomalarini boshqaruvchi tizim. Mijozlar ro'yxati, shartnomalar, to'lov jadvali, kassa va hisobotlar bir joyda. Excel va daftarni unutib, butun biznes operatsiyasini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Qanday boshlayman? Karta kerakmi?
Yo'q, karta kerak emas. Sulhiya'da ro'yxatdan o'tish 2 daqiqa oladi — telefon raqam, parol va do'kon nomi. Birinchi 1 oy davomida Pro tarifning barcha funksiyalari bepul. Keyin xohlasangiz Free tarifga o'tasiz yoki Pro'ni davom ettirasiz.
Bir nechta do'konim bor — ishlaydimi?
Albatta. Sulhiya multi-shop arxitekturada qurilgan. Bitta hisob ostida cheksiz do'konlar yaratasiz, har birining o'z mijozlari, shartnomalari, sotuvchilari va statistikasi bo'ladi. Sidebar'dan do'konlar o'rtasida bir bosishda o'tishingiz mumkin.
Telegram bot va SMS qanday ishlaydi?
Sulhiya Telegram bot orqali sizga (do'kon egasiga) har kuni 09:00 da bugungi to'lovlar haqida xabar yuboradi. Mijozlarga esa SMS orqali eslatma yuboriladi — hech kim to'lov sanasini unutmaydi. SMS narxi alohida hisoblanadi (virtual hamyon orqali, har bir SMS uchun ~150 so'm).
Ma'lumotlar xavfsizmi?
Ha. Har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi (multi-tenant arxitektura, JWT autentifikatsiya). Server O'zbekistonda joylashgan PostgreSQL bazasida, har 24 soatda avtomatik backup olinadi (7 kun saqlanadi). HTTPS va shifrlangan ulanishlar.
Sotuvchilarim uchun alohida hisob bera olamanmi?
Ha. Sulhiya 3 xil rolni qo'llab-quvvatlaydi: Owner (siz — to'liq ruxsat), Manager (deyarli to'liq, lekin to'lov yarata olmaydi va kassani tasdiqlay olmaydi), Seller (faqat mijozlar va shartnomalar). Manager shartnomani o'zgartirish uchun sizdan ruxsat so'raydi.
Hisobotlarni eksport qila olamanmi?
Ha. Pro tarifda barcha shartnomalarni Excel'ga, har bir shartnoma to'lov jadvalini PDF'ga, dashboard va hisobotlarni PDF'ga eksport qila olasiz. Mijozga rasmiy shartnoma chop etishingiz ham mumkin.
USD valyutada shartnoma tuza olamanmi?
Ha. Sulhiya UZS va USD valyutalarni qo'llab-quvvatlaydi. USD kursi har kuni Markaziy Bank API'sidan avtomatik olinadi. Shartnoma USD'da bo'lsa ham, statistikalar so'mga konvertatsiya qilinadi.
Pro va Business tariflari orasidagi farq nima?
Pro tarif solo egalar va kichik jamoalar uchun — 1 ta do'kon, 3 tagacha sotuvchi, cheksiz mijozlar va shartnomalar, oyiga 149 000 so'm. Pro tarifda muddatli to'lov biznesi uchun kerakli barcha funksiyalar bor: PDF/Excel eksport, SMS va Telegram eslatmalar, hisobotlar, audit log va sudga taqdim qilinadigan shartnoma. Business tarif esa multi-shop biznes uchun — cheksiz do'konlar va cheksiz sotuvchilar, Pro'dagi barcha funksiyalar plus maxsus takliflar va priority qo'llab-quvvatlash. Business narxi kelishuv asosida, bir martalik to'lov — Telegram orqali biz bilan bog'laning.
Sudga taqdim qilinadigan shartnoma nima?
Pro va Business tariflarida mavjud bo'lgan funksiya. Mijoz to'lovni kechiktirsa va sud orqali undirish kerak bo'lsa — Sulhiya rasmiy huquqiy formatda tuzilgan, sudga taqdim qilinadigan shartnoma chiqarib beradi. Bu shartnomada barcha kerakli huquqiy bandlar, imzo joylari va to'lov jadvali bo'ladi — to'g'ridan-to'g'ri sudga olib borish mumkin.
Business tarifdagi 'Maxsus takliflar' nima?
Business mijozlar uchun individual yondashuv: biznes ehtiyojlaringizga moslashtirilgan funksiyalar, integratsiyalar va sozlamalar. Yangi imkoniyatlar bo'yicha ustuvor ro'yxat, maxsus chegirmalar va shartnoma shablonlari hamda jamoangiz uchun shaxsiy onboarding. Aniq tafsilotlar uchun Telegram orqali biz bilan bog'laning.

Sulhiya bilan boshlash uchun tayyormisiz?

1 oy bepul Pro tarif. Karta talab qilinmaydi. Istalgan vaqtda Free tarifga o'tasiz.